O‘zbekistonda bir porsiya palov qancha turadi?

eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Statistika agentligi

O‘zbekiston Statistika agentligi respublika hududlari bo‘yicha bir porsiya palovning o‘rtacha narxini hisoblab chiqdi.

1-aprel holatiga ko‘ra, eng baland narx Toshkentdaligi ma’lun bo‘ldi — 30,2 ming so‘m. Ikkinchi o‘rinda Buxoro viloyati — 28,6 ming so‘m, uchinchi o‘rin Qashqadaryo viloyati — 27,7 ming so‘m.

Eng arzon palov Namangan va Farg‘ona viloyatlarida – mos ravishda 19,9 ming va 21,6 ming so‘m.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yil dekabr oyidagi palov narxlari haqida yozgan edi.

Shuningdek