O‘zbekistonda bolalar qashshoqligi darajasi 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023-yilda 13,7 foizga kamaygan, deya xabar beradi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM).
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, qishloq joylarida bolalar kambag‘alligi darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizga, shaharlarda 18 foizdan 13 foizga pasaygan.
Bolalar o‘rtasidagi kambag‘allik eng past darajasi Navoiy viloyati va Toshkent shahrida qayd etilgan. Aksincha, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida bu ko‘rsatkich yuqori.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda 2023-yilda ijtimoiy nafaqalarning umumiy qamrovi 10,8 mln kishini tashkil etdi.
Kam ta’minlangan oilalarni bolalar nafaqasi va moddiy yordam bilan qamrab olish 9 mln nafar kishiga yetdi, to‘lovlarning umumiy miqdori 12,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda kambag‘allik 6 foizga qisqargani haqida yozgan edi.