Oʻzbekistonda qishloq joylarni rivojlantirish uchun qariyb $300 million ajratiladi

eʼlon qilindi
Mablag‘larning bir qismi ITB tomonidan ajratiladi
Foto: «Yangi O‘zbekiston»

Oʻzbekiston Islom taraqqiyot banki (ITB) koʻmagida qishloq joylarini modernizatsiya qilish loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirishga kirishmoqda. Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan ushbu loyiha uchun $293,5 ajratish rejalashtirilmoqda.

Bu mablagʻlarning $260 millioni ITB tomonidan, qolgan $33,5 millioni esa Oʻzbekiston hukumati tomonidan ajratiladi.

Ikkinchi bosqichn 2024-2028-yilgacha amalga oshirish moʻljallangan. Loyiha Surxondaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining 21 tumanidagi 157 ta mahallalarni qamrab oladi.

Qishloq joylarining infratuzilmasini rivojlantirishga $260 million, maslahat xizmatlariga $15,9 million, loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga $2,5 million ajratiladi. Qolgan $15 millionga yaqin mablagʻ zaxirada qoldiriladi.

Eslatib oʻtamiz, ITB va Oʻzbekiston oʻrtasida 2023-yil aprel oyida qishloq hududlarini rivojlantirish boʻyicha shartnoma imzolangan edi. Shuningdek, moliya instituti M39 avtomobil yoʻlining bir qismini modernizatsiya qilish va respublikada maktabgacha taʼlimni rivojlantirish uchun $136,7 million ajratadi.

Avvalroq «Kursiv» ITB va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Surxondaryo viloyatida elektr stansiyalarini qurish uchun 325 million yevro ajratishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek