2023-yilda byudjetidan subsidiyalar uchun 29,2 trillion soʻm ajratildi, bu 2022-yilga nisbatan 2,3 baravar koʻpdir. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ajratilgan mablagʻning asosiy qismi – qariyb 18 trillion soʻm gazni xarid qilish va ichki bozorda sotishdagi farqni qoplashga yoʻnaltirildi.
Shuningdek, ortda qolgan yilda geologiya-qidiruv ishlariga 1,016 trillion soʻm, tadbirkorlikni rivojlantirishga 1,8 trillion soʻm, qishloq va suv xoʻjaligiga 1,1 trillion soʻm yoʻnaltirildi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda Oʻzbekiston Markaziy banki energetika sohasiga ajratiladigan subsidiyalar miqdorini 2024-2026-yilgacha qisqartirishni taklif qilgan edi. Regulyatorning fikricha, bunday tashabbus byudjet konsolidatsiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentda elektr energiyasini subsidiyasiga deyarli 2 trillion soʻm ajratilishini haqida xabar bergan edi.