Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Magnitudasi — 3,8

1-aprel, dushanba kuni Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Yer silkinishlari magnitudasi 3,8-ni tashkil qilgan. Zilzila 15 km chuqurlikda sodir boʻlgan, epitsentrdan Toshkentgacha boʻlgan masofa — 368 km.
Avvalroq «Kursiv» Qozog‘istonda mart oyi boshida qator zilzilalar sodir bo‘lganini yozgan edi. 4-mart kuni Olmaotadagi yer osti silkinishlarining magnitudasi 6,1-ni tashkil etdi.