Telegram monetizatsiya dasturini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Telegram kanal egalari reklamadan keladigan daromadning yarmiga egalik qilishlari mumkin
Foto: Unsplash

Telegram messenjeridagi kontent mualliflari uchun monetizatsiya tizimi ishga tushiriladi. Telegram sayti maʼlumotlariga koʻra, maʼlum shartlarga rioya qilgan holda, platformadagi kanal egalari reklamadan tushgan daromadning 50 foizigacha olishlari mumkin boʻladi.

Mablagʻlar obunachilar soni 1 ming nafarga yetgan Telegram kanallari egalariga taqdim etiladi. Mablag‘ni hisob varaqlarga komissiyasiz yechib olish mumkin, toʻlovlar TON kriptovalyutada asosida amalga oshiriladi.

Xuddi shu raqamli valyuta endi botlar va kanallarni targʻib qilish uchun ishlatiladi. Xaridor reklama xabarlarini joylashtirish uchun saytlarni tanlashi mumkin boʻladi.

Avvalroq «Kursiv» 31-martdan boshlab Telegram foydalanuvchilari oʻz akkauntlarini virtual biznes ofislariga aylantirish imkoniga ega boʻlishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek