ChatGPT’dan endi ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish mumkin
OpenAI ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilarga o‘zining asosiy mahsuloti – sun’iy intellekt (SI) ChatGPT chatbotiga kirishni ochdi, deya xabar beradi kompaniya blogida.
«Biz ushbu yangilikni bosqichma-bosqich joriy etmoqdamiz, bu uning imkoniyatlariga qiziqqan har bir kishi uchun sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi», — deyiladi bayonotda. Shuningdek, ushbu funksiya 185 ta davlatda mavjud boʻlishi taʼkidlangan.
Eslatib o‘tamiz, ChatGPT O‘zbekistonda 2023-yil kuzida paydo bo‘lgan.
OpenAI qo‘shimcha qilishicha, hatto ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilar ham o‘z so‘rovlarini chatbot treninglarida qo‘llashdan bosh tortishlari mumkin.
OpenAI – bu avtomatik treningga asoslangan amerikalik texnologiyalar ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya asoschilaridan biri biznesmen Ilon Mask.
OpenAI ishlanmalariga ChatGPT, ingliz tilidagi matn tavsiflaridan yuqori sifatli tasvirlar yarata oladigan DALL-E neyron tarmog‘i va tabiiy tilni tahlil qiluvchi va javob sifatida kod ishlab chiqaradigan Codex AI modeli kiradi.