Yangiliklar

Firibgarlikning yangi turi paydo bo‘ldi

O‘zini aloqa operatori xodimlari sifatida ko‘rsatib, odamlarni aldashmoqda
Rasm: Pexels.com

Ayni kunlarda firibgarlar fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini uyali aloqa operatori xodimlari sifatida ko‘rsatib, aloqani yaxshilash maqsadida odamlarni aldamoqda. Bu mavzu Potrebitel.uz telegram guruhida ko’tarildi.

Firibgarlar odamlarga qoʻngʻiroq qilib oila aʼzolari haqida va yashash manzilini bilib oladi, keyin esa bu maʼlumotlarni olishganidan soʻng, boshqa telefon raqamidan qo’ng’iroq qilib fuqaroga oila aʼzosi avariya uchragani yoki kasalxonaga tushgani haqida yolgʻon xabar berib pul undirmoqchi boʻlishadi.

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston fuqarolarining kartalaridan pullar qanday oʻgʻirlangani va ularning taqdiri nima boʻlishi ma’lum boʻlgan edi.

Aytish joizki, Markaziy bank, Click va boshqa moliya tashkilotlari fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib oila a’zolar haqida va yashash manzili so‘rashmaydi.