Yangiliklar

Isroil Eronning Suriyadagi elchixonasiga zarba berdi

Etti askar halok bo'ldi
Foto: Reuters

Isroil harbiy samolyotlari Eronning Suriyadagi elchixonasiga zarba berdi, bu Yaqin Sharqdagi mojaroning jiddiy kuchayganini ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Eron tomoniga ko‘ra, zarbada yetti nafar harbiy, jumladan, uch nafar yuqori martabali qo‘mondon halok bo‘lgan.

«Biz Eronning Damashqdagi elchixonasiga uyushtirilgan va bir necha begunoh insonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu dahshatli terror hujumini keskin qoralaymiz», — dedi Suriya tashqi ishlar vaziri Faysal al-Miqdod.

Agentlikning qayd etishicha, Isroil uzoq vaqtdan beri Suriyadagi Eron harbiy obektlarini nishonga olib keladi, biroq joriy hujum elchixona majmuasiga birinchi marta qilingan.

Isroil tomoni 2023-yil oktabr oyida mamlakatga hujum qilgan Falastinning HAMAS guruhiga qarshi harakatlar bilan bir qatorda zarbalar ham bermoqda.

Avvalroq «Kursiv» Isroil Falastin aholisini Rafahdan evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqanini yozgan edi.