Janubiy Koreyaning Shinhan banki Seul milliy universiteti stomatologiya shifoxonasida Oʻzbekistondagi bolalarga yordam berish uchun volontyorlar korpusini ochdi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
Korpusda 19 kishi, jumladan, bank xodimlari va Seul milliy universiteti shifoxonasida stomatologlari bor.
15-23 aprel kunlari shifokorlar Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tanlab olingan 25 nafar bolaning lab va tanglay yorigʻini tiklash boʻyicha operatsiyalarini oʻtkazadi. Bundan tashqari, volontyorlar OʻzRʼdan 130 nafar bolaga stomatologik yordam koʻrsatishadi.
Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreya va Oʻzbekiston tibbiyot sohasida hamkorlikni kuchaytirishi haqida yozgan edi.