Maosh 1,8 ming yevro: oʻzbekistonliklar Vengriyaga ishga taklif qilinmoqda
«CE» kategoriyali haydovchilik guvohnomasiga ega furachilar Vengriyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda migratsiya agentligi matbuot kotibi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyilgan:
− «CE» toifasidagi haydovchilik guvohnomasi;
− Taxograf karta va Code-95 mavjudligi ustunlik beradi;
− rus yoki ingliz tilini bilish;
− kamida bir yillik tajriba;
− uzoq masofaga yuk tashish;
− jismonan va ruhan sogʻlom;
− 21-45 yosh;
− sudlanmagan.
Aviachipta va tibbiy sugʻurta ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
Vengriyada ishlashni xohlovchilar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi veb-saytidagi anketani to‘ldirishlari mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Buyuk Britaniyada rasmiy mehnat faoliyatini olib borish uchun video qoʻllanma taqdim qilgan edi.