Yangiliklar

Maosh 1,8 ming yevro: oʻzbekistonliklar Vengriyaga ishga taklif qilinmoqda

Viza, yashash va ovqatlanish xarajatlari nomzod hisobidan
Foto: Vladacanon/depositphotos.com

«CE» kategoriyali haydovchilik guvohnomasiga ega furachilar Vengriyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda migratsiya agentligi matbuot kotibi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyilgan:

− «CE» toifasidagi haydovchilik guvohnomasi;

− Taxograf karta va Code-95 mavjudligi ustunlik beradi;

− rus yoki ingliz tilini bilish;

− kamida bir yillik tajriba;

− uzoq masofaga yuk tashish;

− jismonan va ruhan sogʻlom;

− 21-45 yosh;

− sudlanmagan.

Aviachipta va tibbiy sugʻurta ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Vengriyada ishlashni xohlovchilar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi veb-saytidagi anketani to‘ldirishlari mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Buyuk Britaniyada rasmiy mehnat faoliyatini olib borish uchun video qoʻllanma taqdim qilgan edi.