Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-martdan 29-martgacha Oʻzbekiston byudjeti taqchilligi 6,84 trillion soʻmdan ortiqni tashkil qildi.
Bu davrda davlat daromadlari hajmi 17,45 trillion so‘m, xarajatlari esa 24,3 trillion so‘mni tashkil etdi.
Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston byudjeti taqchilligi 7,22 trillion so‘mga yetgan edi. O’shanda davlat daromadlari 16,9 trillion so’mni, xarajatlari esa 24,13 trillion so’mni tashkil qilgan.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Google, Apple va boshqa yirik global kompaniyalardan O‘zbekiston davlat byudjeti qancha tushgani haqida yozgan edi.