Soxta «bankir» Andijonda ushlandi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Firibgar o‘zini "Milliy bank" xodimi deb tanishtirgan
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlar sodir etgan fuqaro qoʻlga olindi, deb xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Firibgar o‘zini «Milliy bank» Andijon viloyati filiali xodimi deb tanishtirgan. U mazkur bankda yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlari yordamida 500 million so‘m miqdorida ipoteka krediti berishini aytdi. Lekin «xizmati» uchun 50 million so‘m olmoqchi bo‘lgan. Natijada u $2,5 ming olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» yerlarni noqonuniy sotish vaqtida samarqandlik fermer qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek