Bugun, 2- aprel kuni Xitoyning Xiaomi aksiyalari elektr sport avtomobili chiqarilishi fonida 16 foizga qimmatlashdi. Kompaniyaning bozor qiymati $7,6 mlrdga oshdi.
$37,5 mlrd daromadining katta qismini smartfon sotishdan oladigan Xitoy kompaniyasi hozirda $55,2 mlrd baholangan, bu AQShning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari General Motors ($52,4 mlrd) va Ford ($53,1 mlrd)dan yuqori.
Xiaomi’ning SU7 modeli $30 mingdan kamroq turadi, bu Xitoydagi Tesla Model 3’dan arzonroq.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Xiaomi raqobatbardosh avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lish imkoniyatiga ega, chunki u ko‘plab elektromobil startaplariga qaraganda ko‘proq kapitalga ega va uning smartfon ishlab chiqarish tajribasi unga aqlli uskunalar panelida ustunlik beradi.
Eslatib o‘tamiz, Xiaomi kompaniyasi SU7 elektromobilini 28-martdan boshlab sotishni boshlagan. Avtomobil narxi modeliga qarab $29,8 mingdan $41,4 minggacha turadi.