Amir Temur shoh koʻchasidagi davlat idoralari binosi tadbirkorlik uchun berilishi mumkin

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Prezident mazkur ko‘chadagi binolarini tadbirkorlarga berish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Foto: liveinternet.ru

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amir Temur shoh koʻchasidagi davlat idoralari binolarini rekonstruksiya qilib, tadbirkorlarga berish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbari xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida aytib oʻtdi.

Davlat rahrabi bu Toshkent markazida korxonalar soni va ish oʻrinlarining koʻpaytirishiga olib kelishini taʼkidladi.

«Amir Temur shoh koʻchasi soʻnggi yetti yilda tadbirkorlar uchun eng jozibador koʻchaga, hududni oʻsish nuqtasiga aylandi. Lekin koʻchani 6 kilometr qismida eskirgan qiyofadagi 3-4 qavatli 8 ta davlat idoralari joylashgan», — dedi davlat rahbari.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, bu hududlarni savdo nuqtalari, kafelar, ofislar va mehmonxonalar tashkil etish mumkin. Bunday loyihalarni bank filiallari joylashgan joyda hamda davlat tashkilotlari egallab turgan 24,5 gektar maydonda amalga oshirish mumkinligi aytildi.

Shuningdek, Mirziyoyev Yunusobod poytaxtning qulay qismida joylashgani, bugun kredit olmasdan ish oʻrinlari yaratishga ishtiyoqmand tadbirkorlar koʻpligini taʼkidladi.

Shuningdek