Ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida oilalarning moddiy ahvoli haqida fikr bildirdi.
Masalan, so‘nggi yetti-sakkiz yil ichida poytaxtimizning Yunusobod tumaniga $1,7 mlrd xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari 3,5 mingtaga, ish oʻrinlari 20 mingtaga koʻpaydi.
Tumanda 6 ming xonadonli yangi uy-joylar qurildi, 8 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil qilindi, 3 ta oliygoh ochildi. Xususiy bogʻcha, maktab va shifoxonalar soni boʻyicha ham Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi, dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat rahbari tumanning chekka qismi poytaxtning markaziy qismidagi mahalla oʻrtasidagi farq juda katta ekani, tumandagi ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti qoʻshimcha qildi. Ular o’zlarining va farzandlarining kelajagiga sarmoya kiritish uchun pul ajrata olmaydilar.
Avvalroq «Kursiv» bugungi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent shahar hokimi lavozimiga Shavkat Umurzoqov tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.