Yangiliklar

Dollar rekord darajada qimmatlashdi

Uning rasmiy kursi 12 668,00 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

3-aprel kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 34,48 so‘mga o‘sdi va 12 668,00 so‘mni tashkil qildi.

Ta’kidlash lozimki, dollarning kursi 2024-yilda ilk bor 30 so‘mdan yuqoriga ko‘tarildi.

Bugun mamlakatning tijorat banklari dollarni 12 570 – 12 630 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 650 – 12 720 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2-aprel kuni AQSh valyutasining rasmiy kursi 11,48 so‘mga pasaygan edi.