Istanbulda yuz bergan yongʻinda jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligi aytildi

eʼlon qilindi
Yongʻin oqibatida 29 nafar ishchi halok boʻlgan
Foto: Anadolu Agency

Istanbuldagi tungi klubda yuz bergan yongʻinda qurbonlar orasida oʻzbekistonliklar yoʻq ekanligi maʼlum qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Koʻngilochar maskan taʼmirlash ishlari tufayli faoliyat yuritmayotgan boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida 29 nafar ishchi halok boʻlgan.

Yongʻinni bartaraf etishga 80 nafardan ortiq oʻt oʻchirish xodimlari va 30 ga yaqin maxsus texnikalar jalb qilingan.

BBC xabariga koʻra, klub egasi va pudratchi shahar rasmiylarini taʼmirlash ishlarini olib borayotgani haqida ogohlantirmagan. Hodisa yuzasidan sakkiz kishi qo‘lga olindi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston hukumati yongʻinlar uchun jazoni kuchaytirish niyatida ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek