Jorj Lukas 2024-yilda eng badavlat yulduzga aylandi
Amerikalik rejissyor, «Yulduzlar jangi» mediafranshizasi asoschisi Jorj Lukas Forbes talqini bo‘yicha 2024-yil uchun 14 ta eng badavlat yulduzlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Lukasning boyligi $5,5 mlrd baholangan.Aytish joizki, 2012-yilda u o‘zining LucasFilm kompaniyasini Disneyga $4 mlrd ko‘proqqa sotgan va bu uning kapitalining asosiy qismini tashkil qiladi.
Reytingning ikkinchi o‘rnida uning professional hamkasbi Stiven Spilberg $4,8 mlrd boyligi bilan joy olgan.
Kuchli uchlikni 3,2 milliard dollar bilan amerikalik basketbolchi Maykl Jordan yopdi.2010-yilda sportchi Charlotte Hornets basketbol jamoasini $175 mln sotib olgan edi.13 yildan keyin esa uni $3 mlrd sotdi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda yuqori maosh oladigan aktyorlar reytingida Adam Sendler yetakchilik qilganini e’lon qilgan edi.