Mirziyoyev: «Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus oldi»

eʼlon qilindi
Davlat rahbari og‘ir sharoitlarda iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhimligini ta’kidladi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prezident xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida so‘zga chiqib, bugungi kundagi xalqaro vaziyat murakkab va xavfli ekanini alohida ta’kidladi. U Yaqin Sharq va hamkorlar bilan hal etilmagan mojarolar, shuningdek, Moskva viloyatidagi oqibatida xalqaro vaziyat yana-da jiddiy tus olgani aytib o‘tdi.

Davlat rahbari og‘ir sharoitlarda iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhimligini ta’kidladi. Mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlaridan foydalanishga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent aholisi Rossiya elchixonasida memorial yodgorlik tashkil qilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek