Oltin narxi hali bunday ko‘tarilmagan
eʼlon qilindi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra

Jahon bozorlarida oltin narxi tobora oshib bormoqda, O‘zbekistonda ham oltin quymalar narxi tezda o‘sib bormoqda.
Respublika Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 3-aprel kuni besh grammlik oltin quymaning qiymati 4,83 mln so‘mni tashkil qildi. Oltin kechagi narxdan 2,4 foizga qimmatlashgan. O‘zbekistonda quyma hech qachon bunchalik qimmat bo‘lmagan.

LBMA grafigi bo‘yicha 28-mart kuni bir troy unsiya $2,2 ming edi, 2-aprel kuniga kelib $2,26 minggacha (kechki fiksing) ko‘tarildi.
Oltin quymalarni sotib olish uchun Markaziy bank Telegram botidan foydalangan holda, o‘zi uchun yaqin bo‘lgan ro‘yxatdagi banklardan sotib olish mumkin bo‘ladi.