Yangiliklar

O‘zbekiston elchixonalarida mehnat migratsiyasi bo‘yicha attashelar paydo bo‘ladi

Shuningdek, 24 soatlik aloqa markazlari ham tashkil etiladi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Oʻzbekistonning qator davlatlardagi elchixonalari va konsulliklarida mehnat migratsiyasi boʻyicha attashe lavozimi joriy etilmoqda, deb xabar qildi prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

Bir kun avval davlat rahbari mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni eshitdi.

Bunday mutaxassislar (attashe) mamlakatimizning Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Vengriya, Polshadagi diplomatik vakolatxonalarida ishlaydi. Saudiya Arabistonida O‘zbekiston fuqarolarining muammolari bilan O‘zR Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, mazkur muassasalar huzurida «koll-markazlar» faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Qo’ng’iroqlar kechayu kunduz qabul qilinadi. Mutaxassislar migratsiya muammolari bilan bog’liq so’rovlarni ko’rib chiqishni boshlaydilar.

Matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2022 va 2023-yillarda Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi 70 ming kishiga xorijda ish topishga yordam bergan.

Ilgari «Kursiv» Buyuk Britaniyada rasmiy ishga kirish uchun nima qilish kerakligi haqida yozgan edi.