O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron konsulligiga qilingan hujumni qoraladi

eʼlon qilindi
Havo hujumida IIQK’ning yetti zobitlari halok bo‘ldi
Rasm: AP Photo

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Suriyaning Damashq shahridagi Eron konsulligiga uyushtirilgan hujumni qoraladi. Murojaat matnini vazirlik matbuot kotibi Axror Burxanov o‘zining Telegram’dagi kanalida e’lon qildi.

«Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo‘pol ravishda buzilishi deb hisoblaymiz». — deyiladi bayonotda.

Havo hujumida halok bo’lganlarning umumiy soni yetti kishini tashkil etdi. Ularning barchasi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) zobitlari edi.

The New York Times gazetasining yozishicha, diplomatik missiya binosiga havo hujumi ortida Isroil turgan. Isroil harbiylarining nishoni havo hujumida halok bo‘lgan IRQK quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Muhammad Rizo Zahidiy edi.

Keyinroq Isroil mudofaa armiyasining rasmiy vakili

Keyinroq Isroil mudofaa armiyasining rasmiy vakili Daniel Hagar CNN telekanaliga havo hujumi konsullikka emas, balki IRQK harbiy obyektiga berilganini aytib o‘tdi.

Avvalroq «Kursiv» AQSh G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek