Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        U 2023-yil mart oyida vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi
                    
                            
Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
2023-yil 24-mart kuni Shavkat Umurzakov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi. U bugun, 3-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasida lavozimga rasman tasdiqlandi.
Umurzoqov bunga qadar 2018-yilning iyun oyidan buyon «Oʻzavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent shahar hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlagani haqida xabar bergan edi.