Yangiliklar

Tadbirkorlarga yangi ish o‘rinlari yaratish uchun soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 1-yanvargacha
Rasm: depositphotos.com

«20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturida ishtirok etayotgan tadbirkorlarga yangi ish o‘rinlari soniga qarab ayrim soliqlar va aylanma solig‘ini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi Telegram kanali. Tegishli qaror prezident tomonidan imzolandi.

To‘lov muddatlari yaratilgan ish o’rinlari soniga ham bog’liq – 3 oydan 12 oygacha. Tadbirkor 51 tadan 100 tagacha ish o‘rin yaratsa 3 oy davomida bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. 101 dan 200 gacha 6 oy muddat beriladi. 200 dan ortiq ish o‘rin yaratganga bir yilgacha bo‘lib to‘lashi mumkin.

Bundan tashqari, ular 2025-yil 1-yanvarga qadar yaratilgan ish o‘rinlari soniga qarab mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini imtiyozli stavkalarda to‘laydilar. 200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi tadbirkorlarni ushbu soliqlardan ozod qiladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda har yili eng yaxshi yosh tadbirkorlar tanlab olinishini e’lon qilgan edi.