Toshkent shahar hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

eʼlon qilindi
Ushbu lavozimda ishlagan Nodira Umarova boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shahnoza Sultonova Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Nodira Umarova boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.

Shahnoza Sultonova 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Tayinlovcha qadar Sultonova Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

Shuningdek, u ko‘p yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetida qator mas’uliyatli lavozimlarni egallab kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Durdona Rahimovaning Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek