Carbon Majors iqlim inqirozining asosiy aybdorlarini aniqladi

eʼlon qilindi
Ularning soni oltmishtaga yaqin
Foto: Saneg

Issiqxona gazlaridagi chiqindilarining 80 foizga yaqini 57 ta yirik neft, gaz, koʻmir va sement ishlab chiqaruvchilariga toʻgʻri keladi. Ular global iqlim inqirozining asosiy «harakatlantiruvchi kuchi» deb hisoblanmoqda. Bu haqda Guardian nashri Carbon Majors maʼlumotlar bazasiga tayanib xabar bermoqda.

Tahlilchilarning fikricha, iqlim boʻyicha Parij kelishuvining tuzilishi bu korxonalarda chiqindi gazlar miqdori kamayishiga olib kelmagan. Aksincha, yirik kompaniyalar oxirgi yetti yil ichida ishlab chiqarish hajmini oshirib, ularning atrof-muhitga taʼsiri kuchaygan.

Unga koʻra, dunyoning eng yirik iqlim ifloslantiruvchilari orasida davlat korxonalarining 65 foizi va xususiy kompaniyalarning 55 foizi ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining oʻsishini qayd etdi. Eng katta chiqindilar (global hajmning 1,4 foiz) Amerikaning ExxonMobil kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 1 foizdan sal kamroq qismi Shell, BP, Chevron va TotalEnergies kompaniyalariga toʻgʻri keladi.

Hisobotdagi eng «ajoyib» tendensiyalar davlat korxonalari, ayniqsa, Osiyo mamlakatlarida chiqindilarning keskin oʻsishi boʻldi.

Parij iqlim kelishuvi atmosferadagi karbonat angidridni kamaytirish choralarini tartibga soladi.

4-aprel kuni Toshkent shahrida PM2,5 (chang, asfalt va ogʻir metall birikmalari zarralari) normadan 1,3 baravar oshdi.

Shuningdek