Fuqarolarga terrorchilik harakatlariga chaqiruvchi xabarlar kela boshladi — Ichki ishlar vazirligi

eʼlon qilindi
Bunday holatlarda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish kerak
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonliklarga pul evaziga jamoat joylarini minalashtirish uchun takliflar tusha boshladi. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi (IIV) yurtdoshlarimizdan vahima qilmaslikni va bunday holatlar yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlariga xabar berishni soʻradi.

«Agarda sizga bu kabi xabarlar kelib tushsa vahimaga tushmang va ularni ochiq chatlar, tanishlaringiz va doʻstlaringizga yubormay, darhol 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, ichki ishlar organlariga xabar bering», — deyiladi IIV xabarida.

Huquq-tartibot idoralari vakillarining soʻzlariga koʻra, bunday xabarlar koʻpincha Telegram messenjeri orqali yuborilmoqda. Shuningdek, ushbu mazmundagi xabarlar Oʻzbekiston fuqarolaridan tashqari qoʻshni davlatlar fuqarolariga ham joʻnatilganligi aytilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, bu mazmundagi xabarlar asosan voyaga yetmaganlarga joʻnatilayotganligi maʼlum qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Rossiyaning Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma sodir etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek