Yangiliklar

Oʻzbekistonliklar “Lukoyl” kompaniyasiga ishga qabul qilinadi

Kompaniya mamlakat rasmiylari bilan shartnoma imzoladi
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalaridan biri «Lukoyl» kompaniyasida mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Bu to‘g‘risida «Lukoyl» va Oʻzbekiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi o‘rtasida shartnoma imzolandi.

«Lukoyl»ga ishga joylashish uchun nomzodlarning ish tajribasi, malakasi, tibbiy talablari va rus tilini bilishi hisobga olinadi.

Vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya kompaniyasi hamkorligida Rossiya Federatsiyasiga mutaxassislar joʻnatish masalalarini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuziladi. Shuningdek, ularga huquqiy, ijtimoiy va tibbiy masalalarda yordam beriladi.

Avvalroq «Kursiv» «Lukoyl Uzbekistan» neft-gaz kompaniyasi mamlakatdagi eng yaxshi ish beruvchilar qatoridan joy olgani haqida xabar bergan edi.