Oltin narxi ko‘tarilishda davom etmoqda. Respublika Markaziy Banki ma’lumotlariga ko‘ra, 4-aprel kuni besh grammlik oltin quymaning narxi 4,86 mln yetdi.
Aytish joizki, oxirgi o‘n yilliklarda har yili qimmatbaho metallning qiymati 5 foizga oshar edi. Bu yil faqat martni hisobga olsak, oltin taxminan 10% ga o’sdi.
LBMA grafigi bo‘yicha, 3-aprel kuni bir troy unsiya narxi $2,27 mingga (kechki fiksing) ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, oltin quymalarni sotib olish uchun Markaziy bank Telegram botidan foydalangan holda, o‘zi uchun yaqin bo‘lgan ro‘yxatdagi banklardan sotib olish mumkin bo‘ladi.