Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston iyul oyida «Birlestik-2024» («Birlik») harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazadi, deb xabar qildi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Mashqlar Qozog‘istonning «Oymasha» poligonida, shuningdek, Kaspiy dengizida joylashgan To‘qmoq burnida bo‘lib o‘tadi.
2024-yil yanvar oyi boshida Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qozog‘istondagi o‘quv mashg‘ulotlarida jangovar muvofiqlashtirish va qo‘mondonlik va nazoratni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilishi haqida xabar bergan edi.
PowerIndex maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti $796,8 mln baholangan.Harbiy xizmatchilarning umumiy soni 68 ming kishini tashkil etadi, shundan 48 ming nafari xizmatda.
Bugungi kunda O‘zR armiyasida 115 ta jangovar samolyotlar mavjud bo‘lib, shundan 35 tasi qiruvchi samolyotlardir.Jangga yaroqli tanklar va transport soni mos ravishda 162 va 3,3 ming donani tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston harbiylari mahalliy «Kamaz» rusumli yuk mashinalarini olgani haqida yozgan edi.