Ramazon hayitida hordiq chiqarish uchun qayerga borish mumkin
O‘zbekistonliklar dam olish kunlarini o‘tkazish uchun qayerga borish mumkin
Ramazon hayiti davomida O‘zbekiston aholisi to‘rt kun – 10-12 aprel, shuningdek, 14-aprel kunlari dam olishi kutilmoqda. «Kursiv» to‘rt kishilik oila – ikkita kattalar va 15 yoshgacha bo‘lgan ikkita bola uchun qiziqarli sayohat yo’nalishlarini to‘pladi.
Bronix xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Selfie Travel sayyohlik kompaniyasi 10-14 aprel kunlari Maldiv orollari bo‘ylab uch yulduzli Kaani Palm Beach mehmonxonasida $4,9 mingdan turar joy bilan tur taklif qiladi.
O‘zbekiston fuqarolari dam olish kunlari Pattayyaga ham borishlari mumkin. 13-15 aprel kunlari Anex Tour’dan sayohat narxi $3 mingga tushadi. Sayohat narxiga uch yulduzli Botany Beach Resort mehmonxonasida joylashish kiradi.
Yana shu sayyohlik kompaniyasi Shri-Lankaga 12- apreldan 15-aprelgacha $2,8 ming uch yulduzli Serenity Villa mehmonxonasi – Hikkaduwada turar joy bilan sayohat taklif qiladi.
10- apreldan 14-aprelgacha Kompas kompaniyasidan Dubayga sayohat to‘rt yulduzli Two Seasons Hotel & Apart mehmonxonasida turar joy bilan $2,4 ming turadi.
Agar o‘zbekistonliklar Sharm-al-Shayx kurortlariga borishni istasalar, Selfie Travel kompaniyasidan 12-15 aprel kunlari ushbu shaharda dam olish narxi $3,6 ming tashkil qiladi. Sayohatga to‘rt yulduzli mehmonxona va Park Verginia Sharm Resort akvaparki kiradi.
Sun&Fun Istanbulda uch yulduzli The Laila mehmonxonasida 10-14 aprel kunlari $2,6 ming turadigan sayohat taklif qilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Maldiv orollarida Navro‘zda dam olish o‘zbekistonliklarga qanchaga tushishini e’lon qilgan edi.