Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda fuqarolarning o‘limi tufayli komissiya tuzishni topshirdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Mikroavtobus va yuk mashinasi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan
Baxtsiz hodisa joyidan olingan videoning skrinshoti

Kecha Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi: Samara-Chimkent trassasida Toyota-Alphard rusumli va Volvo rusumli yuk avtomobili to‘qnashib ketdi. Birinchi avtomashinada sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan, deb xabar berdi mamlakatimiz Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV).

«Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali Vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini oʻtkazish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda» — deyiladi FVV xabarida.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qozog‘istonlik hamkasblari bilan fojia sabablarini o‘rganishda hamkorlik qilmoqda.

«Kursiv» fevral oyi boshida Toshkentda avtobus ishtirokidagi YTH haqida yozgan edi.

Shuningdek