“Shoʻrtan” klubi darvozaboni raqib futbolchisining burnini sindirdi — video

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Darvozabon his-tuyg'ularini jilovlay olmadi
Foto: PFL.uz

3-aprel, chorshanba kuni Oʻzbekiston Pro Ligasi 4-turidan oʻrin olgan «Mashʼal» va «Shoʻrtan» oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda «Mashʼal» jamoasi golni nishonlayotganda «Shoʻrtan» darvozaboni Sherzod Abduraimov mezbonlar oʻyinchisi Ibrohim Gʻanixonovga «kalla qoʻydi». Gʻanixonov zarbadan keyin yerga quladi va shifokorlar yordami bilan maydonga qaytdi.

Uchrashuv 2:0 hisobida «Mashʼal» klubining gʻalabasi bilan yakunlandi, Shu bilan jamoa turnir jadvalida ham peshqadamlik qilmoqda.

Avvalroq aynan Sherzod Abduraimov «Turon» – «Neftchi» uchrashuvida hakamni kaltaklagani uchun bir yilga futboldan chetlashtirilgan edi.

Shuningdek