Yangiliklar

Toshkent viloyatida og‘ir atletika markazi ishga tushadi

Viloyat hokimi tegishli hujjatni imzoladi
Foto: Piqsels

Poytaxt viloyati hokimi Zoir Mirzayevning qaroriga ko‘ra, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida og‘ir atletika markazi ochiladi.

Hujjatga ko‘ra, markaz xorijiy talablarni inobatga olgan holda tashkil etiladi va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadi.

Mirzaevning qarorida markaz yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va Sport vazirligi boshqaruvidagi binoda joylashtirilishi aniqlangan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston og‘ir atletikachilari jahon chempionatida sovrinlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.