Yangiliklar

Taniqli yozuvchi Raim Farhodiy vafot etdi

U 81 yoshda edi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Taniqli shoir, yozuvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Buloqcha» jurnali bosh muharriri Raim Farhodiy 81 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Respublika Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati.

Farhodiy 1942 yil may oyida Samarqandda tug‘ilgan. 1965 yilda Samarqand tibbiyot institutini, 1971 yilda Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tamomlagan.

1967 yilda «Sharq yulduzi» jurnalining she’riyat bo‘limi mudiri bo‘ldi. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot bosh muharriri o‘rinbosari, «Narodnoe slovo» gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan. U vafotigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rus tilidagi adabiy kengashining raisi, «Buloqcha» bolalar jurnali bosh muharriri bo‘lgan.

Farhodiy bolalar uchun 50 dan ortiq kitob qoldirib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini rus tiliga tarjima qilgan.

Farhodiy 1989 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni, 1999 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Davlatmand Xolov 74 yoshida vafot etgani haqida yozgan edi.