Yangiliklar

Mirziyoyev va Toqayev “Xiva gilamlari” kombinatining faoliyati bilan tanishdi

Prezidentlar Made in Uzbekistan ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev «Xiva gilamlari» kombinatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumi bilan tanishdi, kombinat hududida tashkil etilgan Made in Uzbekistan brendi ostidagi mahsulotlar koʻrgazmasini koʻzdan kechirdi.

Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmatining xabariga koʻra, davlat rahbarlari chegaradagi hududlarda eksportga yoʻnaltirilgan korxonalar tashkil etish muhimligini taʼkidlagan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, «Xiva gilamlari» kombinati 2020-yilda tashkil etilgan boʻlib, yiliga $24 millionlik 4,2 million kvadrat metr gilam ishlab chiqaradi. Bugungi kunda korxona mahsulotlari AQSH, Xitoy va MDH davlatlariga eksport qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Qozogʻiston bir-birining obyektlariga transchegaraviy suv hisoblagichlarni oʻrnatishi haqida xabar bergan edi.