Oltin biroz pasaydi
eʼlon qilindi
Markaziy Bank ma’lumotlariga ko‘ra
Oltin narxi tezlik bilan ko‘tarilishiga qaramay, bugun biroz pasaydi. O‘zbekiston Markaziy Banki ma’lumotlariga ko‘ra, bugun 5-aprel kuni besh grammlik oltin quymasining narxi pasayib, 4,81 million so‘m etib belgilandi.
Biroq, LBMA grafigi bo‘yicha, 4-aprel kuni bir troy unsiya narxi $2,29 mingga (kechki fiksing) ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, oltin quymalarni sotib olish uchun Markaziy bank Telegram botidan foydalangan holda, o‘zi uchun yaqin bo‘lgan ro‘yxatdagi banklardan sotib olish mumkin bo‘ladi.