Yangiliklar

Qirg‘iziston O‘zR hukumatiga Bishkek IES’dagi avariyada ko‘rsatgan yordamiga minnatdorchilik bildirdi

Isitish mavsumi “Xudoning yordami” bilan o‘tdi
Rasm: 24kg

Qirg‘iziston «Xudoning yordami» va qo‘shni davlatlar ko‘magi bilan isitish mavsumini o‘tkazdi, dedi mamlakat Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov. Uning so’zlarini mahalliy Economist portali iqtibos keltirdi.

Rais Bishkek issiqlik elektr stansiyasida (IES) yuz bergan yirik avariya oqibatlarini bartaraf etishda qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekiston yordamini ta’kidladi. O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston va Turkmaniston ham yordam ko‘rsatishdi.

Qirgʻiziston hukumati qoʻshni davlatlarga oʻzaro yordam koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qildi.

Fevral oyi boshida IES’da yirik avariya yuz bergan edi. Shaharda issiq suv va isitish o’chirilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Andijondan O‘shga suyultirilgan gaz ballonlarini yordam sifatida jo‘natganini e’lon qilgan edi.