Rossiya tez orada O‘zbekistonga shakar eksportini to‘xtatadi

eʼlon qilindi
Yoz oxirigacha
Rasm: Sugar

Rossiya shakar eksportiga taqiq joriy etishga qaror qildi, deb yozadi sugar.ru o‘z manbalariga tayanib.

Portal maʼlumotlariga koʻra, taxminan besh ish kunidan soʻng Rossiyadan shakar va shakar xomashyosi eksporti 2024-yil 31-avgustgacha toʻxtatiladi.

Qaror loyihasi Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, mavsum boshidan 2024-yil fevral oyi oxiriga logistika va to‘lovlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilingani, shuningdek, sug‘urta narxlarini pasaygani tufayli Rossiya shakar eksporti 3,3 baravarga oshdi.

Shu bilan birga, YeOII mamlakatlariga yetkazib berish oldindan kelishilgan kvotalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya O‘zbekistonga oq shakarning yetakchi importchisi hisoblanadi. Shuningdek, joriy mavsumda Rossiya Federatsiyasi O‘zR’dagi shakar zavodlariga lavlagi xomashyosini yetkazib berishni ko‘paytirdi, O‘zbekiston an‘anaviy ravishda Braziliyadan qamish xom ashyosini sotib olishadi.

Shuningdek