Yangiliklar

Samarqand MDHning madaniy poytaxtiga aylandi

Bir yilga
Foto: Silk Road Samarkand

Samarqandga Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) aʼzolarining madaniy poytaxti faxriy unvoni berildi. Shahar bir yil davomida bunday maqomga ega bo‘ladi, shu vaqt mobaynida u yerda bir qator ijodiy uchrashuvlar, gastrol safarlari va ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi TASS agentligi O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga tayanib.

Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqa va drama teatrida Samarqandga MDHning madaniy poytaxti unvonini berish to‘g‘risidagi guvohnomani topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Rossiyaning MDH ishtirokchilari gumanitar hamkorlik kengashidagi vakili Mixail Shvidkoy ishtirok etdi.

Hamdo‘stlik madaniyati poytaxtlari dasturi 2010-yilda amalga oshirila boshlandi. Bu maqom har yili MDH shaharlaridan biriga beriladi. Shunday qilib, ilgari madaniy poytaxt Sankt-Peterburg edi.

Avvalroq Samarqand jahon madaniy turizm poytaxti maqomini olgani haqida xabar berilgandi.