Tayvanda yuz bergan zilzila oqibatida mingdan ortiq kishi jabrlangani ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
O‘ndan ortiq kishi halok bo‘ldi
Foto: Reuters

Tayvan orolida yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 12 kishiga yetdi, yana oʻnlab odamlarni qidirish ishlari davom etmoqda, deya xabar bermoqda Reuters.

3-aprel, Chorshanba kuni zilzila paytida beshga yaqin yer silkinishlari qayd etildi. Ular nafaqat ayrim binolarning qulashiga, balki toshlarning ham qulashiga sabab boʻldi. Mintaqadagi yogʻingarchilik tufayli zilzilaning qaytalanish xavfi saqlanib qolmoqda.

«Yomgʻir yogʻishi toshlar va koʻchkilar xavfini oshiradi, ular hozirda eng jiddiy muammolar sanaladi», — deya qidiruv guruhi rahbari Su Yumin

Zilzila oqibatida Tayvandagi 1,1 mingga yaqin aholisi va mehmonlari jabrlanlani ma’lum bo‘ldi.

«Kursiv» Tayvanda 3-aprel, chorshanba kuni erta tongda 7,2 magnitudali zilzila sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Maʼlumot uchun, Tayvan orolda 1999-yilda 7,6 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Unda 2,4 mingga yaqin odam halok boʻlgan va 50 mingta bino vayron boʻlgan.

Shuningdek