O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining dars qoldirib ketish sabablari haqida ota-onalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Natijalar Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institute(MHTI) tomonidan taqdim etildi.
Darslarni qoldirishning asosiy sababi kasallik (75,4 foiz). Ikkinchi o‘rinda ota-onalarga ishda yordam berish (8,9 foiz). 3,1 foizi 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga uyda qarab o‘tiradi. 1,1foiz maktabga borishga puli yo‘q, 1,7 foiz repetitorlardan ta’lim oladi. Yana 8,5 foiz ota-onalar farzandlarining darslarga bormasligi sabablarini bilishmaydi.
MHTI maʼlumotlariga koʻra, respublika maktablarida davomat pasaymoqda. 2022-yilda o‘rtacha 83,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda u 82,5 foizga tushdi.
Eng past davomat poytaxt (57,8 foiz), Jizzax (76,9 foiz), Toshkent (75,8 foiz) va Farg‘ona (79,8 foiz) viloyatlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich Buxoro (89,1 foiz), Surxondaryo (88,3 foiz) va Qashqadaryo (88,2 foiz) viloyatlarida o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori.
«Predmetlar kesimida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida eng past davomat ko‘rsatkichlari o‘zbek tili va matematika predmetlarida kuzatilgan. O‘rta sinf o‘quvchilari orasida o‘zbek tili, informatika, adabiyot va ingliz tili fanlari, yuqori sinf o‘quvchilari orasida ham o‘zbek tili, informatika, algebra va ingliz tili fanlarida davomatning eng past ko‘rsatkichlari kuzatilgan»- IMRI tadqiqotida qayd etildi.
Avvalroq «Kursiv» o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro dasturi (PISA) Iqtisodiy Hamdo‘stlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) mamlakatlarida 15 yoshli maktab o‘quvchilari o‘rtasida matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha test sinovlari natijalarini jamlaganini yozgan edi. O‘zbekiston autsayderlar qatorida.