Juma kuni AQShning sharqiy sohillarida 4,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari Nyu-York va uning atrofida sezilgan, deb xabar bermoqda AQSh Geologiya xizmati.
Zilzila epitsentri Nyu-Jersi shtatida, Nyu-Yorkdan taxminan 64 km g‘arbda bo‘ldi.
BBC maʼlumotlariga koʻra, hozirgi zilzila mintaqada soʻnggi 40 yildagi eng katta zilzila boʻldi. Nashrning qayd etishicha, yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmagan. Ayni paytda shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi oqibatlarini baholamoqda.
«Hozircha bizda jiddiy falokat haqida hech qanday xabar yo’q, lekin biz ularni hali ham baholaymiz», deb yozgan Nyu-York meri Erik Adams X ijtimoiy tarmoqda. U keyinchalik aholi xavfsiz va o’z ishlarini davom ettirishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Avvalroq «Kursiv» Tayvandagi zilzila oqibatida 1 mingdan ortiq odam jabrlanganini yozgan edi.