Oltin narxi tinmasdan o‘sib bormoqda. O‘zbekiston Markaziy Banki ma’lumotlariga ko‘ra, 8-aprel kuni besh grammlik oltin quymaning narxi 4,92 mln so‘m tashkil qildi.
10 grammlik quymaning narxi 9,83 mln qayd etgan bo‘lsa, 20 grammlik qimmatbaho metallning quymasi 19,67 mln tashkil etdi. 50 grammlik oltin quymaning narxi 49,19 mlnga yetdi.
LBMA grafigiga ko’ra, 4 aprel kuni bir troy untsiyasi narxi 2,3 ming dollardan sal pastroqqa ko’tarildi (kechki fiksing).
Eslatib o‘tamiz, oltin quymalarni sotib olish uchun Markaziy bank Telegram botidan foydalangan holda, o‘zi uchun yaqin bo‘lgan ro‘yxatdagi banklardan sotib olish mumkin bo‘ladi.