Futzal boʻyicha Qozogʻiston va Oʻzbekiston durang natija qayd etishdi

eʼlon qilindi
O‘rtoqlik uchrashuvida
Rasm: matimix / www.depositphotos.com

Taraz shahrida futzal bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi durang bilan yakunlandi, deb xabar berdi Sports.kz portali.

O‘yin 2:2 hisobi bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasidan gollarga Elbek To‘lqinov va Akbar Usmonov mualliflik qilishdi.

14-sentabrdan 6-oktabrga qadar O‘zbekistonda futzal bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Kursiv» futzal bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston bronza medalini qo‘lga kiritganini yozgan edi.

Shuningdek