
Taraz shahrida futzal bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi durang bilan yakunlandi, deb xabar berdi Sports.kz portali.
O‘yin 2:2 hisobi bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasidan gollarga Elbek To‘lqinov va Akbar Usmonov mualliflik qilishdi.
14-sentabrdan 6-oktabrga qadar O‘zbekistonda futzal bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq «Kursiv» futzal bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston bronza medalini qo‘lga kiritganini yozgan edi.