Yagona dasturiy-texnika kompleksi (YDTK) serveridagi nosozlik bartaraf etildi, deb xabar bermoqda «Toshkent» Respublika fond birjasi (RFB).
Savdo maydonchasi 8-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:17 da muammo haqida xabar berdi. Texniklar nosozlikni 47 daqiqada tuzatdi.
YDTK’ning asosiy vazifalari qatoriga birjaning ishlashi uchun texnik xizmatlar ko‘rsatish va moliyaviy mutaxassislarni, shu jumladan treyderlarni o’qitish kiradi.
Avvalroq «Kursiv» Fond birjasi Buxoro ta’mirlash mexanika zavodi aksiyalarini delisting qilganin e’lon qilgan edi.