Tadqiqot: O‘zbekistondagi qaysi banklar mijozlarga telefon orqali eng yaxshi xizmat ko‘rsatadi

eʼlon qilindi
So‘nggi o‘rinni “Xalq banki” egalladi
Rasm: depositphotos.com

SNS RATINGS reyting agentligi tijorat banklarining call-markazlari reytingini tuzdi. So‘nggi o‘rinni «Xalq banki» egalladi.

Banklar call-markazlarida xizmat koʻrsatish sifatini baholash toʻrtta parametr boʻyicha amalga oshirildi, jumladan, operatorga ulanish uchun kutish vaqti, xizmat koʻrsatish madaniyati darajasi, operatorning professionallik darajasi va suhbat davomiyligi. Yakuniy ball ushbu parametrlarning har biri uchun oʻrtacha natijalar asosida hisoblab chiqilgan.

«Yana bir bor, reytingda 35 ta tijorat bankidan 31 ta si ishtirok etdi. Chunki, АJ «KDB Bank O’zbekiston», «Saderat Bank», «AVO Bank» va » SMART BANK» banklariga qo’ng’iroq qilishning iloji bo’lmadi»— deyiladi tadqiqotda.

Reytingda eng tezkor bo‘lgan “Davr Bank» operatorlari telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berib, mijoz bilan xushmuomalalik bilan suhbatlashdi, har bir savolga to‘g‘ri va aniq javob berdi, tushuntirib, batafsil ma’lumot berdi.

Ikkinchi o‘rinni «Hamkorbank» call-markazi xodimlari egalladi. Keyingi pogʻonalarda Agrobank, Aloqabank va Poytaxt bank operatorlari.

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - image-37-1024x687.png

SQB, «Madad Invest Bank» va «Xalq banklari» reytingning eng quyi pog‘onasidan joy olgan.

Pensiya mablag‘larini «Xalq banki» tizimiga o‘tkazish jarayonida yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli ayrim mijozlarning bank kartalariga o‘tkazilgan mablag‘lar «bekor qilingani» avvalroq xabar qilingan edi.

Shuningdek